» » Rossiyaning barcha poyezdlari Ukrainani chetlab o‘tgan holda harakatlanadi

Rossiyaning barcha poyezdlari Ukrainani chetlab o‘tgan holda harakatlanadi


Rossiya temiryo‘llarining tashish bo‘yicha direktori Dmitriy Pegov Rossiya Federatsiyasining uzoq masofaga qatnovchi poyezdlari 11-dekabrdan to‘liq yangi, Ukrainani chetlab o‘tuvchi yo‘nalishga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

“Poyezdlarning bir qismi allaqachon u yerda harakatlanyapti. Boshqa yo‘nalishga o‘tish bir sutka — 10-dekabrdan 11-dekabrgacha davom etadi. O‘tish amalga oshirilgandan keyin yo‘lovchi poyezdlari Ukraina hududidan o‘tuvchi eski qismda qatnamaydi”, — ta’kidlaydi Pegov.

Ukrainani chetlab o‘tadigan temiryo‘l qatnovi Juravka—Millerovo qismida yo‘lga qo‘yiladi. Gap Rostov tomonga harakatlanuvchi ichki poyezdlar haqida bormoqda. Avval ular Lugansk viloyatida Ukraina chegarasini ikki marta kesib o‘tishi lozim edi.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют