» » Sobchak Putinning prezident saylovida qatnashish qarori haqida: Kimdir boshqacha bo‘lishiga shubha qilganmidi?

Sobchak Putinning prezident saylovida qatnashish qarori haqida: Kimdir boshqacha bo‘lishiga shubha qilganmidi?


Teleboshlovchi Kseniya Sobchak Nijniy Novgorod aholisi bilan uchrashuvda Vladimir Putinning 2018-yilda Rossiya prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yish qarorini izohladi. Bu haqda Sobchakning saytida aytiladi.

“Kimdir boshqacha bo‘lishiga shubha qilganmidi? Putin olti yildan keyin ham bo‘ladi, salomatligi imkon berganicha bo‘ladi. Men bu yerda hech qanaqa yangilikni ko‘rmayapman, buni hammamiz bilamiz”, — dedi teleboshlovchi.

“Biz bor ekanligimizni ko‘rsatishning yagona usuli — saylovlarda qatnashish”, — dedi Sobchak to‘planganlarga. U saylovda g‘alaba qozonish va uni eshitishlari uchun qatnashishini aytdi.

“Bizda tanlov bo‘lishini va odamlar kim yaxshiroq ekanligini o‘zi hal qilishini xohlayman. Hozir esa hamma narsani Putin hal qiladi. Men bunaqa tizimga ishonmayman”, — deya xulosa qildi boshlovchi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018-yilgi prezident saylovida nomzod sifatida qatnashishini e’lon qilgan edi.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют