» » Toshkent shahrida ilk bor keng ko‘lamda “Asal bayrami” o‘tkazilmoqda

Toshkent shahrida ilk bor keng ko‘lamda “Asal bayrami” o‘tkazilmoqda


6-dekabr kuni “O‘zkurgazmasavdo” ko‘rgazmalar zalida Xalqaro press klubning “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi vakillari bilan “O‘zbekistonda asalarichilik: yangi yo‘nalish, yangi islohotlar” mavzusidagi anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi raisi Sherali Suyarqulov, aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” boshqaruv raisi Kamunna Irisbekova, apiterapevt Gulchehra Latipova, dehqon xo‘jaligi rahbari Dilshod Ortiqov, “Asalarichilar” fermer  xo‘jaligi rahbari Qodirxo‘ja Tojixo‘jayev va “Sof asal” MChJ rahbari, eksportyor Abdulbori Xalilov spiker sifatida ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 16-oktabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3327-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 1—10-dekabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zko‘rgazmasavdo” pavilyonlarida O‘zbekiston miqyosida ilk bor keng ko‘lamda “Asal bayrami” va asal mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

“Asal bayrami” ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida:

- asal va asal mahsulotlari ko‘rgazmasi;

- asalarichilikda qo‘llaniladigan jihozlar, inventarlar va dori vositalari ko‘rgazmasi;

- asal savdosi;

- asalarichilikda qo‘llaniladigan pavilyonlar ko‘rgazmasi;

- apiterapiyada qo‘llaniladigan uychalar ko‘rgazmasi;

- ilmiy-amaliy seminarlar;

- turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash va ularni taqdirlash kabi qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

“Asal bayrami” ko‘rgazma-yarmarkasi tadbirlari doirasida 10 dan ortiq nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ular faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari hamda maxsus sertifikatlar bilan rag‘batlantirildi.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют