» » AQShda IShID xalifaligi kibermakonga ko‘chganligini aytishdi

AQShda IShID xalifaligi kibermakonga ko‘chganligini aytishdi


Suriyada IShID terrorchilik tashkilotining mag‘lubiyatga uchrashi jangarilarning o‘z mafkurasini internet orqali targ‘ib qilish imkoniyatini kamaytira olmadi. Bu haqda Amerika razvedkasi vakillari va harbiy maslahatchilar ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“IShIDning butun dunyo bo‘ylab o‘z tarafdorlari bilan aloqa qilish imkoniyatlari cheksiz va guruhga turli mamlakatlar ichkarisidagi katta sonli ekstremistlargacha yetib borish imkonini beradi”, — dedi Milliy aksilterrorchilik markazida razvedka rahbari Lora Shayo.

Milliy xavfsizlik va davlat masalalari bo‘yicha qo‘mita vakili Ron Jonson bu fikrga qo‘shildi va “yangi xalifalik” endi kibermakondan joy olganligini aytdi.

Avvalroq Rossiya bosh shtabi Suriya IShID terrorchilardan to‘liq ozod qilinganini ma’lum qilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют