» » Fotogalereya: Ko‘pchilikni hayratga soluvchi zirhli “maxluq”lar

Fotogalereya: Ko‘pchilikni hayratga soluvchi zirhli “maxluq”lar


“Motor” ko‘rinishi odamlarni qo‘rquvga soluvchi zirhli mashinalarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.

Peshmarga zirhli mashinasi

Iroq Kurdistonining harbiy bo‘linmalari tomonidan qo‘llaniladigan zirhli mashina. Bunda zirh sifatida SSSRning eski harbiy texnikasi elementlaridan foydalanilgan.

Epel Mamba

Meksikaning VR7 himoya darajasiga ega, Mamba bazasida yaratilgan zirhli mashinasi. U 7 kishini tashishga qodir, jumladan, haydovchini ham. 300 ot kuchiga ega 6,7 litrli dizel dvigateli bilan jihozlangan.

Automotive Concepts Polaris

Ushbu avtomobil zirhi faqatgina TT pistoletining o‘qidan himoya qilishi mukin. Uni avvalliga Xitoy hukumati buyurtma qilgan, biroq keyinroq rad etilib, mamlakat fuqarolariga sotib yuborilgan. Qiziqarli jihati, Automotive Concepts Polaris yordamida umumiy foydalanishga mo‘ljallangan yo‘llarda harakat qilish taqiqlangan.

Protolab PMPV 6x6 MiSu

Maxsus operatsiya o‘tkaziladigan joylarga askarlarni eltishga mo‘ljallangan 285 ot kuchiga ega mashina. Uning og‘irligi 14 tonnaga teng bo‘lib, 40-kalibrli pulemyot bilan jihozlangan.

Panhard CRAB

400 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan CRAB 14,5 millimetrli snaryadlardan va qo‘l granatasidan himoya qilishga qodir.

“Karatel ZiL”i

“Karatel” zirhli avtomobilning harakatlanish qismi “ZiL” mutaxassislari tomonidan “KamAZ-4911” shassisining bazasida yaratilgan. Dvigateli sakkiz silindrli V-simon “YMZ-7E846”.

“Kombat T-98”

Xorijda Dartz markasi bilan tanilgan zirhli mashina. “Kombat”ning quvvati buyurtmachining talabidan kelib chiqib ishlanadi: 309 dan 550 ot kuchigacha bo‘lgan bir nechta benzin va dizelli dvigatellari mavjud.

Aston Martin Rapide

Ushbu yashirin zirhga ega avtomobil International Armoring Corporation tomonidan yaratilgan va B6 klassi bilan himoyalangan. 476 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют