» » Auksionlar tarixidagi eng qimmatbaho kartinani Saudiya shahzodasi sotib olgan

Auksionlar tarixidagi eng qimmatbaho kartinani Saudiya shahzodasi sotib olgan


Christie’s kimoshdi savdosida rekord darajadagi 450 million dollarga sotilgan Leonardo da Vinchining “Dunyo xaloskori” kartinasini Saudiya shahzodasi Badir bin Abdulla bin Muhammad bin Farhon al-Saud sotib olgan. Bu haqda shahzodaning auksion uyi bilan yozishmasiga tayanib, The New York Times xabar berdi, deb yozadi Meduza.

Nashr qayd etishicha, qirollik oilasi a’zosining ism-sharifi shunchalik notanish bo‘lganki, Christie’s vakillari 100 million dollarlik depozitdan keyin shahzodadan pulni qayerdan olganiga aniqlik kiritishini so‘ragan. U ko‘chmas mulk bilan bog‘liq ishidan daromad olganini aytgan.

Shu bilan birga al-Saudni rekord darajadagi xarid arafasida korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytirilganini e’lon qilgan valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning do‘sti va tarafdori deb aytishmoqda.

Abu-Dabida ochilgan Luvr muzeyi endi “Dunyo xaloskori” u yerda ko‘rgazmaga qo‘yilishini ma’lum qilishdi.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют