» » Stokgolmda mazasi qochgan bemorga yordam berish uchun Rossiya “tez yordami” yetib kelganini ko‘rishdi

Stokgolmda mazasi qochgan bemorga yordam berish uchun Rossiya “tez yordami” yetib kelganini ko‘rishdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Stokgolmdagi hodisani faol tarzda muhokama qilishmoqda. U yerga mazasi qochgan bemorga yordam berish uchun Rossiya “tez yordami” yetib kelgan, deb yozadi “RIA Novosti”.

Hayratlanarli voqea haqida Aftonbladet nashri Rossiya raqam belgisi tushirilgan “tez yordam” mashinasi suratini olgan guvohga tayanib xabar bergan edi. Bundan tashqari, transport vositasidan tushgan shifokorlar rus tilidagi yozuvlari bo‘lgan forma kiyib olgan.

Foydalanuvchilarning ko‘pchiligi “tez yordam” mashinasi Stokgolmdagi Rossiya elchixonasiga tegishli degan fikrni bildirdi. Ulardan biri ta’kidlashicha, dunyoning yetakchi mamlakatlarining Stokgolmdagi elchixonalari o‘z “tez yordam”lariga ega.

Shuningdek, ba’zilar “tez yordam” mashinasi Rossiya diplomatik muassasasi xodimlaridan biriga yordam ko‘rsatish uchun yetib kelganligini taxmin qildi.

Raqam belgisiga qaraganda, transport vositasi Sankt-Peterburgda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют