» » Timur Kapadze futboldan ketgach, Server Jeparov yoshligini eslab, Eron chempionatida 2 ta gol urdi (video)

Timur Kapadze futboldan ketgach, Server Jeparov yoshligini eslab, Eron chempionatida 2 ta gol urdi (video)


Futbol bo‘yicha Eron chempionatining 15-turida o‘zbekistonlik Server Jeparov dubl qayd etdi.

U to‘p suradigan Tehronning “Istiqlol” klubi “Sepaxon”ni qabul qilib, yirik — 3:0 hisobida zafar quchdi. Jeparov avvaliga jarima zarbasini aniq amalga oshirib, jamoasining hisobdagi ustunligini mustahkamlagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi joriy mavsum “Istiqlol”ning 14 ta o‘yinida maydonga tushdi va 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu borada Jeparov jamoasining to‘purari bo‘lib turgani diqqatga sazovor.

“Istiqlol”ning ishlari esa u qadar yurishayotgani yo‘q. 15 ta o‘yinda faqatgina 11 ta gol urgan jamoa, turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. Klub peshqadam “Persipolis”dan 13 ochko ortda qolib ketgan.

Eron Pro Ligasi

15-tur uchrashuvi

6-dekabr, chorshanba

Gollar: Ali Gurbaniy, 4 (1:0). Server Jeparov, 36 (2:0). Server Jeparov, 47 (3:0).

Опубликовано: admin (7-12-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют