» » O‘FF 2017-yilning eng yaxshilarini 14-dekabr kuni yangi uslubda taqdirlaydi

O‘FF 2017-yilning eng yaxshilarini 14-dekabr kuni yangi uslubda taqdirlaydi


O‘zbekiston futbol federatsiyasi 2017-yilning eng yaxshilarini 14-dekabr kuni taqdirlaydi, deb yozdi O‘FF matbuot xizmati. Marosimga Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri mezbonlik qiladi.

Bu yildan boshlab yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlash tizimi o‘zgaradi. Bunda O‘FF FIFA yo‘lidan borib, eng yaxshilarni murabbiylar va jamoa sardorlari aniqlashiga zamin yaratadi. 16 ta klub bosh murabbiylari va o‘sha klublar sardorlarining umumiy ovozidan kelib chiqib, g‘oliblar taqdirlanadi.

Tashkilot, shuningdek, eng yaxshi ayol futbolchi va eng yaxshi futzalchi sovrinlarini ham topshiradi. Ular qatorida, mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisiga ham mukofot beriladi. Ro‘yxatdan “Yilning eng yaxshi muxlislar jamoasi”, “Yilning eng yaxshi klubi”, “Eng yaxshi futbol akademiya”, Fair Play kabi nominatsiyalar ham joy olgan. Ular qatorida O‘zbekiston Yoshlar Ligasida zafar quchgan Toshkentning “Bunyodkor” klubiga ham mukofot topshiriladi. O‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shayotgan eng yaxshi xorijiy murabbiy ham e’tibordan chetda qolib ketmaydi.

Taqdirlash marosimida estrada yulduzlari ishtirok etadi. Unga mehmon sifatida futbol jamoatchiligidan tashqari O‘zbekistondagi chet el davlatlarining elchixonalari vakillari, vazirlik va idoralar yetakchilari, shuningdek, jurnalistlar taklif etiladi.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют