» » Angliya Premyer-Ligasi klublari Chempionlar Ligasi tarixida yangi sahifa ochdi

Angliya Premyer-Ligasi klublari Chempionlar Ligasi tarixida yangi sahifa ochdi


Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etgan APLning 5 ta klubi pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi. Nimchorak final bellashuvlarida bir mamlakatning shuncha klubi ishtirok etishi hozirgacha kuzatilmagandi, deb yozdi UEFA rasmiy sayti.

Angliya jamoalari guruh bosqichida dahshatli ishtirok etdi. Manchester shahrining ikki jamoasidan tashqari, “Tottenhem” va “Liverpul” klublari o‘z guruhida peshqadam bo‘ldi. “Shporlar” musobaqaning ketma-ket ikki karra g‘olibi hisoblangan “Real” bilan bir guruhdan joy olgan bo‘lsa-da, eng ko‘p ochko jamg‘arishning uddasidan chiqa oldi — 16.

“Liverpul” futbolchilari ham “shporlar” kabi musobaqa davomida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmadi. Yurgen Klopp shogirdlari bir emas 2 ta bellashuvda 7:0 hisobida zafar quchdi. Bu joriy mavsumning eng yirik hisoblari bo‘ldi. Liverpulliklar avvaliga Sloveniya, keyinroq esa Rossiya chempionlari darvozasiga shuncha gol urdi.

Manchester shahri vakillari ham guruhda peshqadam bo‘ldi. Ularning guruhdan chiqishi aniq bo‘lgachgina, mag‘lubiyatlar kuzatildi va bu amalda hech narsaga ta’sir ko‘rsatmadi. Faqatgina APLning amaldagi chempioni o‘z guruhida peshqadam bo‘la olmay, “Roma”ni o‘tkazib yubordi. Antonio Konte jamoasi shunga qaramay, pley-offga yo‘l oldi.

Nimchorak final bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi 11-dekabr — dushanba kuni bo‘lib o‘tadi. Reglamentga ko‘ra, mazkur bosqichda bir mamlakatning ikki jamoasi o‘zaro to‘qnash kelmaydi. Guruhlarda birinchi bo‘lgan jamoalar ham o‘zaro duch kelmaydi.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют