» » Konstitutsiyaning 25 yilligi munosabati bilan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yildi

Konstitutsiyaning 25 yilligi munosabati bilan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yildi


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligi munosabati bilan 7-dekabr kuni Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga tantanali ravishda gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi va keng jamoatchilik vakillari nomidan harbiy orkestr sadolari ostida Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

“Mustaqilligimizning mustahkam huquqiy asosi – Konstitutsiyamiz, mamlakatimizdagi tinchlik va barqaror taraqqiyot muhiti, hamjihatligimiz qut-barakasi. Bu ulug‘ tushuncha va qadriyatlar hamisha egizak. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xalqimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashi yo‘lida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotgan shu kunlarda bu jihatlar yanada sayqal topmoqda”, — deyiladi xabarda.

O‘zbek xalqi uchun qadrli va ulug‘ bayramlarda Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi an’anaga aylangan.

Konstitutsiyaning 25 yillik tantanalari O‘zbekiston bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют