» » Shavkat Mirziyoyev: Otasining qilmishi uchun nega farzandlari yoki aka uchun uka javob berishi kerak?

Shavkat Mirziyoyev: Otasining qilmishi uchun nega farzandlari yoki aka uchun uka javob berishi kerak?


Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq bilan chiqish qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, davlat organlariga kadrlarni tanlashda eskidan saqlanib qolgan, qo‘shtirnoq ichidagi bir “tizim” mavjud edi. “U ham bo‘lsa, yaqin qarindoshlari sudlangan, deb fuqarolarni ishga qabul qilmaslik yoki yuqori lavozimlarga tayinlamaslik bilan bog‘liq”, — dedi Prezident.

Bunday noma’qul yondashuv tufayli ko‘plab yoshlarimiz, malakali mutaxassislarimiz “beayb aybdor bo‘lib”, yaqin qarindoshlarining qilmishlari uchun jabr tortib keldilar. O‘zingiz ayting, bu adolatdanmi? Nima sababdan bir jinoyat uchun butun bir avlod javob berishi kerak? Otasining qilmishi uchun nega farzandlari yoki aka uchun uka javob berishi kerak?

Demokratik normalarga ham, hayotning bugungi talablariga ham mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan bunday adolatsiz “tizim”dan biz endi butunlay voz kechamiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Опубликовано: admin (7-12-2017, 17:59)
+3 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют