» » O‘zbekistonda maktablar 10 yillik bo‘ladi. Qo‘shimcha bir yil maktabgacha tayyorlovga ajratiladi

O‘zbekistonda maktablar 10 yillik bo‘ladi. Qo‘shimcha bir yil maktabgacha tayyorlovga ajratiladi


O‘zbekistondagi o‘rta ta’lim maktablari 10 yillik bo‘ladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilingani 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasiga asoslanib “Xalq so‘zi Onlayn” xabar bermoqda.

“Yurtimizning barcha joylarida, eng olis hududlarida ham maktabgacha, ta’lim muassasasi tashkil etiladi. Bu eng avvalo onalar uchun muhimdir. Ular farzandining sifatli tarbiya olishi, maktabga tayyorlanishi uchun birinchi o‘rindagi vazifadir. Qolaversa, bog‘chaga bormagan bola bilan borgan bolaning o‘rtasida katta farq bo‘ladi”, — deb yozadi nashr.

“Xalq so‘zi Onlayn”ning qo‘shimcha qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan endi O‘zbekiston maktablarida tayyorlov kurslari ochiladi. “Ya’ni, maktablar 10 yillik bo‘lib, maktab yoshidagi bola bir yil oldin maktabga tayyorlanadi”, — deb Prezidentdan iqtibos keltiradi nashr.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют