» » Shavkat Mirziyoyev turli unvonlar, orden va medallarni o‘z egalariga topshirdi

Shavkat Mirziyoyev turli unvonlar, orden va medallarni o‘z egalariga topshirdi


7-dekabr kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Xalq so‘zi Onlayn”.

Prezident yig‘ilganlarni yuksak unvonlar, orden va medallarga sazovor bo‘lgani munosabati bilan samimiy qutladi. Ular orqali barcha o‘zbekistonliklarni Konstitutsiya qabul qilinganining 25 yilligi bilan muborakbod etdi.

Shavkat Mirziyoyev amalga oshirilayotgan barcha islohotlar Konstitutsiya va Harakatlar strategiyasiga asoslanishini alohida ta’kidladi. Prezident yakuniga yetib borayotgan yilda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalar ekan, xalq bilan muloqotda bo‘lib, odamlarning og‘irini yengil qilishga asosiy e’tibor qaratilganini qayd etdi.

Xalqimiz Yaratgandan avvalo tinchlik-xotirjamlikni so‘raydi. Shundan so‘ng, o‘z uyim, boshpanam bo‘lsa, oilam, bola-chaqam bilan sog‘-salomat yashasam, deydi. Biz xalqimizning ana shunday orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun ikkita masalaga, ya’ni ichki ishlar va sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga katta e’tibor qaratayapmiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident 2017-yilda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, xalq bilan bamaslahat ish olib borgan odam ham, davlat ham hech qachon kam bo‘lmasligiga, har qanday qiyinchiliklarni yengib, o‘zining ezgu maqsad-muddaolariga albatta erishishiga barcha kundalik hayotida ishonch hosil qilayotganini alohida ta’kidladi.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют