» » Shavkat Mirziyoyev: Qiynoqlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun hibsxonalar videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi

Shavkat Mirziyoyev: Qiynoqlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun hibsxonalar videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida O‘zbekistonda yangi dastur va rejalar amalga oshirilayotganini ta’kidladi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Prezidentning qayd etishicha, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Xususan, mahallalar, ko‘chalar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 114 mingdan ortiq videokuzatuv vositasi o‘rnatilgan bo‘lib, ularning yordamida 10 mingga yaqin jinoyat fosh etilgan.

“Qiynoqqa solish kabi noqonuniy usullarni qo‘llashni qat’iyan cheklash maqsadida tergov va vaqtincha saqlash hibsxonalari ham videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi”, — dedi Prezident.

Bundan tashqari, sud-tergov jarayonida dalillarni soxtalashtirganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik joriy qilinishi ko‘zda tutilmoqda. Advokatlar esa jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi. Bu dalillar tergov va sud idoralari tomonidan majburiy tekshirilishi va baholanishi kerak.

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, 2017-yil mahalla fuqarolari yig‘inlari kafilligi asosida 152 nafar, Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida 18 nafar, xotin-qizlar qo‘mitalari kafilligi asosida 3 nafar, jami 173 nafar fuqaroga nisbatan jazo tayinlashda jamoatchilik kafilligi e’tiborga olingan. Bu fuqarolarning 38 nafarini yoshlar, 18 nafarini voyaga yetmaganlar, 11 nafarini ayollar tashkil etgan.

“Ana shunday ishlar natijasida mamlakatimiz bo‘yicha 63 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilindi, 11 nafar shaxs javobgarlikdan ozod qilindi, 97 nafar shaxsga nisbatan yengilroq jazo turi qo‘llandi”, — dedi Prezident.

Bundan tashqari, 2017-yilning 10 oyi davomida sudlar tomonidan 191 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmlari chiqarilgan. Holbuki, Prezidentning alohida ta’kidlashicha, ilgari bitta oqlov hukmi chiqarish ham sudlar faoliyatida o‘ta kam uchraydigan hodisa edi.

Tergovning sifati yaxshilanib, tergovchilar mas’uliyati oshirildi. Xususan, shu davr mobaynida tergov organlari tomonidan 238 ta holatda jinoiy hodisa yuz bermagani aniqlandi. 302 ta holatda javobgarlikka tortish muddati o‘tgani, 370 ta holatda aybdorlar qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgani inobatga olindi. 549 ta holatda qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgani, 1 636 ta holatda qilmishda jinoyat tarkibi yo‘qligi isbotlandi. Ana shunday asoslarga tayanib, 3,5 mingdan ortiq jinoyat ishi tugatildi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Опубликовано: admin (7-12-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют