» » Sky: Iordan daryosining g‘arbiy sohilida falastinliklar va isroilliklar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi

Sky: Iordan daryosining g‘arbiy sohilida falastinliklar va isroilliklar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi


Iordan daryosining g‘arbiy sohilida falastinlik va isroillik harbiy xizmatchilar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Sky News Arabia telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Bu AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Quddus Isroilning rasmiy poytaxti sifatida rasman tan olingach hamda Amerika elchixonasining Tel-Avivdan u yerga ko‘chirilganidan so‘ng Falastin hududida sodir bo‘lgan birinchi to‘qnashuvdir. Ko‘pchilik Falastin ko‘chalariga, birinchi navbatda, Ramalla shahri ko‘chalariga to‘plana boshladi. Ular Amerika bayroqlarini yoqib yubordi.

7-dekabr, payshanba kuni yangi intifada — falastin harakati — “XAMAS” siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya chiqish qildi. “Ertangi kun g‘azab va xalqimizning bosqinchilikka qarshi bosh ko‘targan kuni bo‘ladi, biz g‘alaba qozonishimizga va muqaddas yerlarimizni qaytarib olishimizga ishonamiz”, — dedi Xoniya.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют