» » Shavkat Mirziyoyev: Ilm-fansiz, ma’rifatsiz davlatning kelajagi yo‘q

Shavkat Mirziyoyev: Ilm-fansiz, ma’rifatsiz davlatning kelajagi yo‘q


Toshkentda 7-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zAning xabar berishicha, yig‘ilishda Prezident O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, san’at va madaniyat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tgan.

Jumladan, Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga zarur mablag‘ va resurslar ajratildi. Yangi ilmiy markazlar, texnoparklar tashkil etildi.

“Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etilgani bu borada muhim yangilik bo‘ldi”, — deb yozadi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

Ilm-fan – taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovatsion g‘oyalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo‘q.

Faqat ilm va ma’rifat, intellektual salohiyat, har tomonlama bilimli kadrlar hisobidan biz O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olamiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Опубликовано: admin (7-12-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют