» » “Qoraqalpog‘iston folklori”ning navbatdagi jildlari chop etiladi

“Qoraqalpog‘iston folklori”ning navbatdagi jildlari chop etiladi


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti shu yil oxirigacha “Qoraqalpog‘iston folklori”ning 101—106-jildlarini bosmadan chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar bermoqda.

Ushbu jildlarga qoraqalpoq xalq she’riyati namunalari kiritildi. Xalq qo‘shiqlari mavzu jihatdan turlarga ajratilib, har biri alohida jild qilib tayyorlanmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu jildlar oxirgisi emas. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi fondida yana bir necha o‘nlab jildga yetarli qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodiga mansub materiallar mavjud.

Ma’lumot uchun, mazkur institut olimlari tomonidan 2007—2015-yillarda 100 jildlik “Qoraqalpoq folklori” nashrdan chiqarilgandi.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют