» » OAV: Putinning saylovoldi shtabini Anton Vayno yoki Sergey Kiriyenko boshqaradi

OAV: Putinning saylovoldi shtabini Anton Vayno yoki Sergey Kiriyenko boshqaradi


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning saylovoldi shtabini ma’muriyat rahbari Anton Vayno yoki uning o‘rinbosari Sergey Kiriyenko boshqarishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Kommersant” nashriga ko‘ra, prezident ma’muriyatida shtab hozircha tashkil etilmagani va o‘z-o‘zidan, uning rahbari ham tayinlanmagani ma’lum qilingan.

“Ma’muriyatga yaqin ikki manba shtab rahbari Anton Vayno yoki Sergey Kiriyenko bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, shtabda bir necha yo‘nalishlar, masalan, iqtisod, fuqarolik sektorini rivojlantirish bo‘yicha kuratorlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan”, — izoh berdi gazeta.

Eslatib o‘tamiz, 6-dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018-yilgi prezident saylovida nomzod sifatida qatnashishini e’lon qildi.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют