» » Falastin AQSh vitse-prezidentini qabul qilishdan bosh tortdi

Falastin AQSh vitse-prezidentini qabul qilishdan bosh tortdi


Falastin rahbariyati Amerika tomonidan Quddusning Isroil poytaxti deb tan olinishiga qarshi norozilik belgisi sifatida AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens bilan uchrashishdan bosh tortmoqda. Bu haqda mahalliy nashrlardan biri hukmron FATX harakatining yuqori mansabli funksioneri Jabril Rajubaga tayanib xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Pens dekabrda Isroilga tashrif bilan bormoqchi, bunday tashrif odatda Falastin hududlariga kirib o‘tishni ham o‘z ichiga oladi.

“Biz bosib olingan Quddusning Isroil poytaxti deb tan olinishiga javoban, Falastin hududida AQSh vitse-prezidentini qabul qilmaymiz”, — dedi Rajub.

Falastinliklar Donald Tramp tomonidan Quddusning Isroil poytaxti deb tan olinishi va u yerga Amerika elchixonasining ko‘chirilishiga qarshi bosh ko‘tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iordan daryosining g‘arbiy sohilida falastinlik va isroillik harbiy xizmatchilar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Quddus Isroilning rasmiy poytaxti sifatida rasman tan olingach hamda Amerika elchixonasining Tel-Avivdan u yerga ko‘chirilganidan so‘ng Falastin hududida sodir bo‘lgan birinchi to‘qnashuvdir. Ko‘pchilik Falastin ko‘chalariga, birinchi navbatda, Ramalla shahri ko‘chalariga to‘plana boshladi. Ular Amerika bayroqlarini yoqib yubordi.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют