» » Sobiq “Turkiya go‘zali” Twitter’dagi posti uchun qamoqqa olinishi mumkin

Sobiq “Turkiya go‘zali” Twitter’dagi posti uchun qamoqqa olinishi mumkin


Ayblovchilar tomoni mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish vaqtida tvit yozganligi sabab “Turkiya go‘zali 2017” unvonidan mahrum qilingan Itir Esenning qamoqqa olinishini talab qilmoqda. Bu haqda Hurriyet gazetasiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Itir Esen Twitter’da 2016-yilgi qo‘zg‘olonda muvaffaqiyatsizlikka uchraganlarga keskin ravishda o‘z hamdardligini bildirgan. Sobiq “Turkiya go‘zali “ommaviy ravishda ijtimoiy toifadagi, irqiy, diniy, mazhabiy, gender yoki hududiy farqlarga asoslangan aholining bir qismini haqorat qilish”da ayblanmoqda.

Tergov davomida Esen tvitni o‘zi yozganligini tan oldi, biroq bu bilan u kimnidur haqorat qilish niyati bo‘lmaganligini ta’kidladi.

Agar Itir aybdor deb topilgudek bo‘lsa, bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют