» » Yevropa Ligasi. 32 ta klub saralab olindi va savatlarga ajratildi. 11-dekabr kuni qur’a marosimi

Yevropa Ligasi. 32 ta klub saralab olindi va savatlarga ajratildi. 11-dekabr kuni qur’a marosimi


Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining navbatdagi bosqichiga yo‘l olgan 32 ta jamoa nomi aniq bo‘ldi. 12 ta guruh yakunlariga ko‘ra, dastlabki ikki o‘rinni qo‘lga kiritgan jami 24 ta klub navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. Ular qatoriga esa Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagan 8 ta jamoa qo‘shildi.

UEFA saytining xabar berishicha, pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi 11-dekabr kuni Shveysariyada bo‘lib o‘tadi. Chempionlar Ligasida ishtirokini davom ettirayotgan klublar ham shu kuni o‘z raqiblarini biladi.

Reglamentga ko‘ra, UEFA Yevropa Ligasidagi 32 ta jamoani 2 ta savatga bo‘ldi. 1-savatdan o‘z guruhida peshqadam bo‘lgan jamoalar hamda Chempionlar Ligasidan tushib kelgan jamoalarning eng yaxshi 4 tasi joy oldi. 2-savatga esa guruhda ikkinchi bo‘lib qolgan hamda Chempionlar Ligasidan tushgan qolgan 4 ta jamoa joylashgan.

1-savat: “Arsenal” (Angliya), “Atalanta” (Italiya), “Atletik” (Ispaniya), “Atletiko” (Ispaniya), “Braga” (Portugaliya), “Viktoriya” (Chexiya), “Vilyarreal” (Ispaniya), “Dinamo Kiyev” (Ukraina), “Zaltsburg” (Avstriya), “Zenit” (Rossiya), “Latsio” (Italiya), “Leyptsig” (Germaniya), “Lokomotiv” (Rossiya), “Milan” (Italiya), “Sporting” (Portugaliya), “SSKA” (Rossiya).

2-savat: “AYEK” (Gretsiya), “Astana” (Qozog‘iston), “Borussiya Dortmund” (Germaniya), “Kopengagen” (Daniya), “Ludogorets” (Bolgariya), “Lion” (Fransiya), “Napoli” (Italiya), “Nitssa” (Fransiya), “Marsel” (Fransiya), “Partizan” (Serbiya), “Real Sosyedad” (Ispaniya), “Seltik” (Shotlandiya), “Spartak” (Rossiya), “Styaua” (Ruminiya), “Srvena Zvezda” (Serbiya), “Estersund” (Shvetsiya).

Qur’ada 1 ta guruhda ishtirok etgan jamoalar hamda 1 ta mamlakat klublari o‘zaro to‘qnash kelib qolmasligi uchun harakat qilinadi.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют