» » Venesuelada inflyatsiya darajasi 1300 foizdan oshdi

Venesuelada inflyatsiya darajasi 1300 foizdan oshdi


Venesuelada joriy yil 11 oyi davomida to‘plangan inflyatsiya darajasi 1300 foizdan oshdi, yil yakunlari bo‘yicha esa 2000—2100 foizni tashkil etadi. Bu haqda muxolifatdagi milliy assambleyaning moliya bo‘yicha komissiyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Bunday vaziyat hukumat iqtisodiy siyosati boshi berk ko‘chaga kirib qolgani bilan bog‘liq. Venesuela 15 chorakdan beri iqtisodiy tanazzulda, bu depressiyaga olib kelmoqda”, — dedi komissiya a’zosi Anxel Alvarado.

Deputatga ko‘ra, yil yakuni bo‘yicha mamlakat “qora bozori”da bir dollar narxi 150 ming bolivarga yetishi mumkin. Hozir u 95,5 mingga teng.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют