» » Putin tomonidan “yaroqsiz” deya topilgan limuzin 70 million rublga sotuvga qo‘yildi

Putin tomonidan “yaroqsiz” deya topilgan limuzin 70 million rublga sotuvga qo‘yildi


“AMO ZiL” hamda “Depo-ZiL” kompaniyalari tomonidan prezident avtomobili sifatida ishlab chiqarilgan “ZiL-4112P” limuzini sotuvga qo‘yildi. “Auto.ru”da mashinaning bahosi 70 million rubl (1 180 000 dollar) etib ko‘rsatilgan. Ushbu avtomobilni 2016-yilda ham sotishga harakat qilishgan. O‘shanda uning narxi 1,2 million dollarga teng edi, deb xabar berdi “Motor”.

Bu turdagi limuzinlarni yaratish loyihasi “Monolit” deb nomlangan. 2012-yilning dekabrida Vladimir Putin ushbu mashinani sinovdan o‘tkazib ko‘rgani, biroq limuzin unga yoqmagani ma’lum bo‘lgandi.

Ushbu mashina “41047” limuzinining bazasida yaratilgan. “Motolit” modelidan faqatgina eshik ochgichlar va kapot qolgan, xalos. Shu bilan birga “4112P”ning g‘ildirak bazalari kengaytirilgan: o‘qlar orasidagi masofa 200 millimetrga oshgan. Limuzinning oltita eshigi va oltita o‘rindig‘i bor.

“Monolit” 400 ot kuchiga ega 7,7 litr sig‘imli V8 dvigateli yordamida harakatlanadi va besh pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

E’lon muallifining yozishicha, avtomobil zirhlanmagan, biroq unga zirhli kapsula o‘rnatish mumkin.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют