» » Imom-xatib: Telefondan noto‘g‘ri foydalanish oilaviy ajrimga sabab bo‘lmoqda

Imom-xatib: Telefondan noto‘g‘ri foydalanish oilaviy ajrimga sabab bo‘lmoqda


6-dekabr kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov Oqqo‘rg‘on tumanida oila vakillari, mahalla faollari, ustoz-murabbiylar hamda o‘quvchi-talabalar bilan “Farovon oila – saodat qasri” mavzusidagi muloqotda ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xayrulloh Turmatov ota-ona va ayollarni ardoqlashning ahamiyati, oilada erkak kishining vazifalari, oila saodatida mehr-muruvvat va oqibatning o‘rni, so‘zlashish va kiyinish bobida hayoning dolzarbligi, jinoyatchilikning oldini olish, internet, xususan, telefondan noto‘g‘ri foydalanish oilaviy ajrim va qator axloqsizliklarga zamin yaratayotgani borasida ma’ruza qildi.

Tadbir so‘ngida viloyat bosh imom-xatibi tomonidan keng jamoatchik foydalanishi uchun ilmiy va tarbiyaviy-axloqiy mazmundagi turfa adabiyatlar sovg‘a qilindi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning “Oilada farzand tarbiyasi” kitobi ham shular jumlasidandir.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют