» » Ravshan Ermatov CONCACAF va Afrika chempionlari o‘rtasidagi bellashuvni boshqaradigan bo‘ldi

Ravshan Ermatov CONCACAF va Afrika chempionlari o‘rtasidagi bellashuvni boshqaradigan bo‘ldi


O‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatovga klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining chorak finalidan joy olgan o‘yin berildi, deb yozdi O‘FF matbuot xizmati.

Ermatov boshqaruvidagi hakamlar brigadasi CONCACAF chempioni sifatida Amirliklarga yetib kelgan “Pachuka” hamda Afrika qit’asida yetakchi bo‘lgan “Vidad Kasablanka” o‘yinida ishlaydi. Meksika va Marokash jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov yordam beradi.

Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati Sardor Rashidov to‘p suradigan “Al-Jazira”ning “Oklend Siti” ustidan qozongan g‘alabasi bilan start olgandi. Chorak finalda “Al-Jazira” Osiyo Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi hisoblangan Yaponiyaning “Urava Red” klubiga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur jamoalarni yarim finalda Madridning “Real” va Braziliyaning “Gremio” jamoalari kutib turibdi. Musobaqaning final o‘yini 16-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ermatov ishtirokidagi o‘yin esa 9-dekabr sanasidan joy olgan.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют