» » Amerikalik reper Diddi 2017-yilda eng ko‘p daromad topgan qo‘shiqchiga aylandi

Amerikalik reper Diddi 2017-yilda eng ko‘p daromad topgan qo‘shiqchiga aylandi


Diddi nomi bilan tanilgan amerikalik reper Shon Kombs Forbes jurnali versiyasi bo‘yicha 2017-yilda dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan qo‘shiqchilari reytingini boshqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Xonanda 2017-yilda 130 million dollar ishlab topdi. Bundan 70 million dollari Sean John kompaniyasi aksiyalarining bir qismini sotish orqali qo‘lga kiritildi.

Reytingning ikkinchi qatorini amerikalik xonanda Beyonse egalladi (105 million dollar). Ushbu summani asosan Lemonade albomini qo‘llab-quvvatlash doirasida o‘tkazilgan konsert safarlari keltirdi.

Yilning eng ko‘p daromad qilgan qo‘shiqchilari uchligini kanadalik reper Dreyk yakunlab berdi. 2017-yilda u, jumladan, Views albomi bilan bog‘liq konsert turi tufayli 92 million dollarga ega bo‘ldi.

Reyting o‘nligiga, shuningdek, The Weeknd (92 million dollar), Coldplay (88 million dollar), Guns N' Roses (84 million), Jastin Biber (83,5 million), Bryus Springstin (75 million), Adel (69 million) va Metallica (66,5 million) kirdi.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют