» » Namanganda Konstitutsiya qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan bayram obyektlari ishga tushirildi

Namanganda Konstitutsiya qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan bayram obyektlari ishga tushirildi


Namanganda Konstitutsiya qabul qilinganining 25 yilligi arafasida mukammal ta’mirdan chiqarilgan “Do‘stlik uyi” foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Bugungi kunda viloyatda 80 dan ortiq millat vakillari istiqomat qilmoqda. Rus, qirg‘iz, tojik, koreys milliy-madaniy markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tadbir davomida mazkur markazlar tomonidan xalq amaliy san’ati namunalari va turli tillardagi kitoblar ko‘rgazmasi taqdim etildi, badiiy chiqishlar namoyish qilindi.

Bayram arafasida Yangiqo‘rg‘on tumanida “Iskovot shifo maskani” xususiy shifoxonasining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. 75 o‘rinli, kardiologiya, ginekologiya, urologiya terapiya kabi yo‘nalishlarini qamrab olgan olgan tibbiy maskanda 45 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Tadbirkor Behzod Yo‘ldoshev tomonidan bu yerdagi qurilish ishlariga 5 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi.

Shuningdek, qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegaradagi chekka Nanay qishlog‘ida 216 o‘rinli 54-maktab va 60 o‘rinli hududiy shifoxona ham foydalanishga topshirildi. Buning uchun davlat tomonidan tegishli ravishda 2,7 va 3 milliard so‘m ajratildi.

Ochilish marosimlarida viloyat hokimi Xayrulla Bozorov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. Viloyatda bayram obyektlari ochilishi davom etmoqda.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют