» » Bekobodda qattiq shamol talafotlarga sabab bo‘ldi

Bekobodda qattiq shamol talafotlarga sabab bo‘ldi


7-dekabr kuni soat 7:00 dan 18:00 ga qadar Bekobodda (Toshkent viloyati) 28 metr /sekundgacha tezlikdagi shiddatli shamol esdi. Bu haqda, O‘zbekiston FVV matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.

Qattiq shamol qator uy va korxonalarning gaz va elektr uzatish tarmoqlariga shikast yetkazib, binolar tomlarini uchirib yubordi, daraxtlarni yiqitdi, shaharning bir qancha fuqarolari yengil tan jarohatlarini oldi.

Oqibatlarni bartaraf etish uchun shahar hokimiyatida Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi tezkor shtab tashkil etilib, zarur kuch va vositalar shay holatga keltirildi.

Avariyaviy-tiklash tadbirlari natijasida yetkazilgan zarar oqibatlari bartaraf etildi. 12:50 dan 22:00 gacha gaz, energiya va suv ta’minoti qayta tiklandi. Bino tomlarini ta’mirlash boshlandi.

Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga jo‘natildi.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют