» » MMA. Mahmud Murodov XFN chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi va uni O‘zbekiston prezidentiga bag‘ishladi

MMA. Mahmud Murodov XFN chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi va uni O‘zbekiston prezidentiga bag‘ishladi


Aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov Yevropadagi so‘nggi jangini o‘tkazdi, endi u faoliyatini AQShda davom ettiradi, deb yozdi “Olamsport”.

O‘zbekistonlik sportchi Chexiyada mahalliy jangchi Tomas Tentsga qarshi oktakonga chiqqan. O2 arenasida o‘tgan jangni Murodov muddatidan avval g‘alaba bilan yakunlashga muvaffaq bo‘lgan. XFN chempionlik kamari uchun kechgan jangda Mahmud parter holatidan ketma-ket kuchli zarbalar berishni boshlagan. Natijada referi jangni to‘xtatishdan o‘zga chora topa olmagan.

Bugungi g‘alabamni Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga, qolaversa, Konstitutsiya kunimizga bag‘ishlayman. Hammamizga bayram muborak bo‘lsin!

Shuningdek, ustozlarim, jamoadoshlarim va Chexiyadagi do‘stlarimga minnatdorchilik bildiraman. Hammasi uchun rahmat!

Mahmud Murodov, MMA jangchisi

Avvalroq Mahmud Murodov AQShda — afsonaviy Floyd Meyvezerga qarashli zalda mashg‘ulot olib borayotgani aytilgandi. Bundan maqsad Bellator bilan shartnoma tuzishdir.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют