» » Uniti One elektrokari 2019-yildan sotuvga chiqariladi

Uniti One elektrokari 2019-yildan sotuvga chiqariladi


Shvetsiyaning Uniti startapi o‘zining birinchi shahar elektrokari Uniti One’ni taqdim etdi. Uning savdosi 2019-yildan boshlanadi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Uniti One batareyasining sig‘imi 22 kilovatt/soat bo‘lib, bir marta to‘liq quvvatlanganda 300 kilometr masofani bosib o‘tadi. Batareyani maishiy tarmoqdan to‘liq quvvatlash uchun uch soat 10 daqiqa vaqt ketadi. Tezkor quvvatlash shoxobchasida esa 200 kilometr masofaga yetadigan quvvatni yarim soatda to‘ldirish mumkin. Uniti One soatiga 80 kilometr tezlikka erishish uchun 3,5 soniya sarflaydi, eng yuqori tezligi esa soatiga 130 kilometr.

Elektrokarning salonida proyeksion displey, planshet va avtomobilning tezlashishi va sekinlashishi uchun javob beruvchi joystik o‘rnatilgan. Mashinaning asosiy vazifalarini sensorli ekran yoki ovoz yordamida boshqarish mumkin.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют