» » Oq uy Quddusning Isroil poytaxti sifatida tan olinishi to‘g‘ri bo‘lganini ma’lum qildi

Oq uy Quddusning Isroil poytaxti sifatida tan olinishi to‘g‘ri bo‘lganini ma’lum qildi


Donald Tramp uning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olish haqidagi qarori, shundan so‘ng Yaqin Sharqda ro‘y bergan to‘qnashuvlarga qaramay, to‘g‘ri bo‘lganiga ishonchi komil. Bu haqda AQSh prezidenti matbuot kotibining birinchi o‘rinbosari Raj Shoh ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“U yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni to‘liq anglab yetadi. Biroq bizning qat’iy nuqtai nazarimiz shunday: Yaqin Sharqda halol vositachi bo‘lishni istasang, mavjud voqelikni tan olish lozim. Bu mazkur yo‘nalishdagi birinchi qadam”, — dedi Raj Shoh.

AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan olganidan so‘ng falastinliklar va Isroil harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Boshqa musulmon o‘lkalarida ham AQShning Quddus bo‘yicha qaroriga qarshi namoyishlar boshlandi.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют