» » Sayyohlar QR-kod orqali 12 tilda O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida ma’lumot olishi mumkin

Sayyohlar QR-kod orqali 12 tilda O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida ma’lumot olishi mumkin


Joriy yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi hamda Tehno Dargoh MChJ o‘rtasida uch tomonlama kelishuv memorandumini imzolandi, deb xabar berdi “O‘zbekturizm” MK matbuot xizmati.

Ushbu memorandumga ko‘ra, O‘zbekistonning Smart turizm mamlakati sifatida xalqaro turizm bozoridagi imijini oshirish va sayyohlarga qulaylik yaratish uchun IT-texnologiyalaridan faol foydalanish maqsadida tomonlar VERUM QR qo‘shma loyihasini amalga oshirishning amaliy bosqichini boshlab yubordilar. 

Zamonaviy sayyoh o‘ziga kerakli ma’lumotni olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, birinchi navbatda, smartfonlardan foydalanishga o‘rganib qolgan. Hozirgi kunda jahonda Smart turizm konsepsiyasi juda ham rivojlanib bormoqda, O‘zbekistonda esa bu texnologiya ilk bora QR-kodlar yordamida sayyohlarga taqdim etilmoqda. Ushbu loyiha doirasida sayyoh QR kod tasviriga ishora qilgan holda bir necha soniyadan so‘ng, o‘z smartfoniga 12 ta tilda oson va qulay ko‘rinishda yurtimizning diqqatga sazovor joylari haqidagi barcha ma’lumotni qabul qilib oladi. Shu bilan birga foydalanuvchilarga nafaqat sayyohlik obyektlari haqida, balki eng yaqin mehmonxonalar, restoranlar, san’at galereyalari va boshqa arxitektura hamda tarixiy yodgorliklar haqida ham ma’lumot beriladi.

Aziz Abduhakimov, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Tehno Dargoh MChJ hamkorligida amalga oshirilgan dastlabki ish natijalari allaqachon Xiva shahrida sinov tarzida ishga tushirilgan edi.

Bundan tashqari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bir qancha IT-kompaniyalar bilan ham Smart turizmning boshqa texnologiyalarini joriy etish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Shuningdek, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AK bilan somolyot yoki poyezd jo‘nashidan 24 soat oldin internet orqali elektron chiptalar hamda elektron ro‘yxatdan o‘tish platformasini joriy etish borasida ham ishlar olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют