» » Hindistonda Suv parisi sindromiga chalingan chaqaloq tug‘ildi

Hindistonda Suv parisi sindromiga chalingan chaqaloq tug‘ildi


Hindistonlik ayol oyoqlari birlashib ketgan chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda Daily Mail’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 23 yoshli ayol homiladorligi vaqtida tekshiruvlardan o‘tmagan. Shu sababli boladagi sirenomeliya yoki Suv parisi sindromi deb ataluvchi anomal rivojlanish haqida faqatgina tug‘uruqxonada ma’lum bo‘lgan.

Bolakay tug‘ilganidan to‘rt soat o‘tgach vafot etgan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, sindromning yuzaga kelishiga onaning yomon ovqatlangani va undagi noto‘g‘ri qon aylanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Suv parisi sindromi yuz mingta holatdan bittasida uchraydi va odatda to‘g‘ri rivojlanmaganlik hamda siydik pufagi sabab chaqaloqlar bir sutka ichida vafot etadi.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют