» » Isroil aviatsiyasi G‘azo sektoridagi falastinlik jangarilarning qurol-yarog‘ omboriga hujum uyushtirdi

Isroil aviatsiyasi G‘azo sektoridagi falastinlik jangarilarning qurol-yarog‘ omboriga hujum uyushtirdi


Isroil aviatsiyasi falastinlik jangarilarning raketa hujumiga javoban ularning G‘azo sektoridagi mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan lageri va qurol-yarog‘ omboriga hujum uyushtirdi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmatiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil harbiylari G‘azo sektoridan mamlakat janubiga uchirilgan raketalarni urib tushirgan edi. Isroilliklar hech kim jarohat olmagan otishma bo‘yicha mas’uliyatni HAMAS harakati zimmasiga yuklagandi.

“Bugun ertalab Isroil tomonga uchirilgan raketalarga javoban harbiy-havo kuchlarimiz HAMASning mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan lageriga va G‘azo sektoridagi qurol-yarog‘ omboriga hujum uyushtirdi”, — deyiladi xabarda.

Agentlikning ta’kidlashicha, aviazarba oqibatida o‘n kishi jarohat olgan.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют