» » Joriy yilda 724 ming tonna ho‘l meva chetga sotildi va 856 million dollar valyuta kirimi amalga oshdi

Joriy yilda 724 ming tonna ho‘l meva chetga sotildi va 856 million dollar valyuta kirimi amalga oshdi


Bugun, 9-dekabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok yetib, soha xodimlarini tabrikladi, bu borada erishilgan yutuqlar haqida fikr bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan iqtisodiy islohotlar, fermerlik harakatining rivojlanishi natijasida, joriy yilda mamlakat bo‘yicha jami bo‘lib 8 million 377 ming tonna g‘alla yetishtirildi. 2 million 930 tonnadan ziyod paxta hosili, 12 ming 450 tonna pilla, 318 ming tonna sholi, 23 million tonna meva-sabzavot, 13 million tonna go‘sht va sut mahsulotlari olishga erishildi.

Joriy yilda birinchi marta, g‘alladan bo‘shagan qariyb 1 million gektar maydonga sabzavot, kartoshka, poliz va dukkakli ekinlar ekildi va 5,5 million tonnadan ortiq mahsulot yetishtirildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta ishlanib, 100 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilindi. 724 ming tonna ho‘l meva chetga sotildi va 856 million dollar valyuta tushdi.

O‘zbekistonda qimmatbaho xomashyo bo‘lgan ipak yetishtirishning mutlaqo yangi tizimi yo‘lga qo‘yilib, bu yil birinchi marta pilladan yiliga ikki marta hosil olish tajribasi sinovdan o‘tkazildi va ijobiy natija berdi.

Hozirgi kunda mamlakatda 15 ta yilqichilikda nasl xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 3 ming 150 dan ziyod zotdor ot boqiladi.

Oxirgi 20 yilda e’tibordan chetda qolgan baliqchilik sohasini tiklash uchun “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi tashkil etilib, uning tizimiga 3 ming 600 ta baliqchilik xo‘jaligi kiritildi. 580 ming gektar tabiiy va 28 ming gektar sun’iy ko‘llarda 100 ming tonnadan ortiq baliq yetishtirildi.

Paxtachilik bo‘yicha o‘z tajriba maktabini yaratayotgan fermerlar sonining ko‘payib borishi natijasida joriy yilda gektaridan o‘rtacha 50 sentnerdan ortiq hosil olgan fermerlar 1 ming 121 tani, 45 sentnerlik marrani egallagan fermerlar 2 ming 130 tani, 40 sentnerchilar 7 ming 208 tani tashkil etdi.

Suv resurslari cheklangan mintaqada dehqonchilik qilish, mo‘l va sifatli hosil olish maqsadida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor berilib, bugungi kunda qariyb 240 ming gektar maydonda ana shunday texnologiyalar, jumladan, 28 ming gektar yerda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilindi.

“2018-yilda mamlakatimizda yetishtirilayotgan 1 million 200 ming tonna paxta tolasini yurtimizda to‘liq qayta ishlab, xorijga faqat tayyor mahsulotlar eksport qilishni yo‘lga qo‘yishimiz zarur”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют