» » Andijonda 45 xonadondan iborat yoshlar uyi foydalanishga topshirildi

Andijonda 45 xonadondan iborat yoshlar uyi foydalanishga topshirildi


O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligi arafasida Andijon shahridagi Mustaqillik ko‘chasida 45 xonadondan iborat yoshlar uyi foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi O‘zA.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekistonda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Viloyatda faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday e’tibor yoshlarni yanada ko‘proq izlanish va ulkan marralar sari ruhlantirmoqda. Bugun yangi uy sohibiga aylangan yosh oilalar vakillarining quvonchini ko‘rib, shunday yurtda yashayotganingizdan faxrlanib ketasiz.

Nodirbek Yusupov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi

“Art uz gold servis” MChJ quruvchilari tomonidan barpo etilgan ushbu 5 qavatli uy alohida isitish tizimiga ega. Uy oldida zamonaviy bolalar maydonchasi qurilgan.

“Uylarning uzoq muddatli imtiyozli bank krediti asosida berilgani yosh oilalarga katta qulaylik yaratdi”, — deb yozadi O‘zA.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют