» » Toshkentda piyodani urib yuborib, so‘ng qochib ketgan haydovchi 9 kundan so‘ng aniqlandi

Toshkentda piyodani urib yuborib, so‘ng qochib ketgan haydovchi 9 kundan so‘ng aniqlandi


Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 29-noyabr kuni soat 12:00 larda Bunyodkor shoh ko‘chasida joylashgan Chilonzor buyum bozori qarshisida noma’lum xaydovchi Nexia’da piyodani urib yuborgan.

Haydovchi, piyodaga tibbiy yordam ko‘rsatmasdan va ichki ishlar organlariga xabar bermasdan, YTH joyidan ketib qolgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida piyoda — 1971-yilda tug‘ilgan erkak “chap yelka sohasi yopiq sinishi” tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Ushbu YTHni sodir etgan haydovchi — 1983-yilda tug‘ilgan erkak kishi ekani 8-dekabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan aniqlangan.

Shahar IIBB axborotida gumon ostidagi haydovchi qo‘lga olingan-olinmagani haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют