» » Krishtianu beshinchi “Oltin to‘p”ni olganidan so‘ng, “Real” Madridda “Sevilya”ga 5 ta gol urdi

Krishtianu beshinchi “Oltin to‘p”ni olganidan so‘ng, “Real” Madridda “Sevilya”ga 5 ta gol urdi


Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatiga jo‘nab ketishidan oldin Madridning “Real” klubi yirik g‘alabani tantana qildi va o‘z maydonida “Sevilya” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi.

Shu kuni “Santyago Bernabeu” arenasida Krishtianu Ronaldu o‘zining beshinchi “Oltin to‘p”ini muxlislarga taqdim qildi. Ketidan esa uning jamoasi markaziy o‘yinda 5 ta gol urdi. Gollarning barchasi birinchi 45 daqiqalikning o‘zidayoq kiritildi.

Krishti bunga qadar 10 ta bellashuvda 2 tagina gol urishga erishgandi. “Sevilya”ga qarshi bellashuvda esa u biryo‘la dubl qayd etdi. Mazkur g‘alabasidan keyin “Real” ochkolar soni bo‘yicha “Atletiko”dan oldinga o‘tib oldi.

Endi “Real” Jahon Chempionatida ishtirok etish uchun Amirliklarga jo‘nab ketadi. 23-dekabr kuni Zidan jamoasini “Barselona”ga qarshi “El-Klasiko” kutib turibdi.

Ispaniya La Ligasi

15-tur bellashuvlari

8-dekabr, juma

Gollar: Ibai Gomes, 23 (1:0). Munir El-Xaddadi, 55 (2:0).

9-dekabr, shanba

Noaniq penalti: Xoan Xordan, 54 (E).

Gollar: Nacho, 3 (1:0). Krishtianu Ronaldu, 23 (2:0). Krishtianu Ronaldu, 31-pen (3:0). Toni Kroos, 38 (4:0). Hakimiy Ashraf, 42 (5:0).

Gol: Adrian, 24 (1:0).

Gol: Simone Dzaza, 28 (1:0). Yago Aspas, 46 (1:1). Daniel Parexo, 81-pen (2:1).

10-dekabr, yakshanba

“Real Sosyedad” — “Malaga” 16:00 Futbol-TV

“Betis” — “Atletiko” 20:15

“Levante” — “Atletik” 22:30

“Vilyarreal” — “Barselona” 00:45 Futbol-TV

11-dekabr, dushanba

“Espanyol” — “Jirona” 01:00

Опубликовано: admin (10-12-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют