» » AQShda bir motorli samolyot turar-joyga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

AQShda bir motorli samolyot turar-joyga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi


AQSh janubi-g‘arbidagi San-Diyego shahrida (Kaliforniya shtati) Beechcraft Bonanza markasidagi samolyot turar-joylardan biriga urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jabrlandi. Bu haqda 10-dekabr, yakshanba kuni CBS telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Samolyot bortida to‘rt kishi bo‘lgan. Uchuvchi Montgomeri Fild aeroportidan parvoz qilgandan so‘ng dvigatel ishlamay qolganligi haqida xabar qilgan, shundan so‘ng ortga qaytishga uringan. Samolyot katta tezlikda qo‘nishga erishgan, biroq avariyaning oldi olinmagan.

Telekanalning ta’kidlashicha, hodisa yuz bergan paytda turar-joyda yashovchilar unda bo‘lmagan. AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi va Transport xavfsizligi bo‘yicha milliy kengash hodisa yuzasidan surishtiruv olib boradi.

Опубликовано: admin (10-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют