» » Sardor Rashidov to‘p suradigan “Al-Jazira” Madridning “Real” klubi bilan o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi

Sardor Rashidov to‘p suradigan “Al-Jazira” Madridning “Real” klubi bilan o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi


Amirliklarda davom etayotgan klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida o‘zbekistonlik Sardor Rashidov to‘p suradigan “Al-Jazira” klubi yarim final chiptasini qo‘lga kiritdi.

Chorak finalda “Al-Jazira” futbolchilari Osiyo Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi bo‘lgan Yaponiyaning “Urava Red” klubini taslim qildi. Bellashuvdagi yagona gol Ali Mabhut tomonidan urildi. Xuddi birinchi bellashuvda bo‘lgani kabi, bu safar ham bosh murabbiy Sardor Rashidovni maydonga tushirmadi.

BAA chempioni musobaqaning ochilish o‘yinida Yangi Zelandiya yetakchisi “Oklend Siti” ustidan ham 1:0 hisobida zafar quchgandi. Endi “Al-Jazira” yarim finalda Madridning “Real” klubiga qarshi saf tortadi. Bellashuv 13-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Chorak finalning ikkinchi o‘yinida Meksikaning “Pachuka” klubi g‘olib chiqdi va yarim finalda Libertadores Kubogi g‘olibi — Braziliyaning “Gremio” klubi bilan to‘qnash kelish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu o‘yin 12-dekabr sanasida tashkil etiladi.

Chorak finalda mag‘lub bo‘lgan “Urava Red” hamda Marokashning “Vidad Kasablanka” klublari 5-o‘rin yo‘lida o‘zaro kurash olib boradi. Bu uchrashuv ham 12-dekabrga tayin qilingan.

Sardor Rashidov aynan klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida o‘ynash uchun o‘ziga bo‘lgan takliflar orasidan “Al-Jazira”ni ma’qul deb topgandi. Uning jamoasi va nihoyat “Real”dek klub bilan o‘ynash huquqini qo‘lga kiritganida, Rashidov jahon yulduzlariga qarshi maydonga tusha oladimi yoki yo‘q — faqatgina 13-dekabr kuni bilib olish mumkin bo‘ladi.

Jahon Chempionati

Chorak final o‘yinlari

9-dekabr, shanba

Gol: Viktor Guzman, 111 (1:0).

Chetlatish: Nakash, 68 (V).

Gol: Ali Mabhut, 51 (1:0).

Опубликовано: admin (10-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют