» » “Yevrovideniye-2017” g‘olibiga yurak ko‘chirib o‘tkazildi

“Yevrovideniye-2017” g‘olibiga yurak ko‘chirib o‘tkazildi


“Yevrovideniye-2017” musiqa tanlovida g‘alaba qozongan portugaliyalik xonanda Salvador Sobral yurak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini boshdan kechirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Salvador jarrohlik amaliyotiga tayyor edi, u jarayonning naqadar murakkab ekanligini yaxshi tushundi”, — deydi shifokor Migel Abekasis.

Shifokor 27 yoshli xonandaga uyga javob berish haqida gapirishga erta ekanligini ham ta’kidlab, “yaqin kunlar ichida barcha ehtiyot choralarini ko‘rish zarurligini” aytib o‘tdi.

Abekasisning so‘zlariga ko‘ra, xonandaning to‘liq sog‘ayib ketishi uchun bir necha oy talab qilinadi. U, shuningdek, Sobral operatsiyadan so‘ng to‘laqonli hayot kechirishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

“Yevrovideniye-2017” tanlovida Amar Pelos Dois qo‘shig‘i bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Salvador Sobral yurak xastaligidan aziyat chekayotgan edi. U organ ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini kutib, bir necha oy navbatda turdi.

Опубликовано: admin (10-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют