» » Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchilar uchun elektron kartalar joriy qilinmoqda

Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchilar uchun elektron kartalar joriy qilinmoqda


Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida “Fuqaro elektron kartasi” — “Obod uy” tizimini joriy qilish boshlandi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Tizimni birinchi bo‘lib Qorasuv turar-joy dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarning tuman hokimi Sherzod Qudbiyevdan tegishli xat olgan egalari sinab ko‘radi.

Xat bilan birgalikda, yashovchilarga tizim haqida ma’lumot berilgan flayer va tuman fuqarosining shaxsiy plastik kartasi yuborilgan. Kartaga “Obod uy” tizimidagi shaxsiy kabinetga kirish uchun login va parol tushirilgan, u yerda esa xonadon haqida, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, ekspluatatsiya xarajatlari uchun ustamalar va joriy balans haqida ma’lumotlar olish mumkin.

“Ushbu tizim fuqarolar va Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning shaffofligini, mablag‘lar yig‘iluvchanligini va ochiqlikni ta’minlash imkonini beradi”, — deyiladi xatda. Tizim yil oxirigacha butun tumanni qamrab olishi rejalashtirilmoqda.

Опубликовано: admin (10-12-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют