» » Mag‘lubiyatsiz kelayotgan “Inter”ni so‘nggi besh yillik chempioni “Yuventus” ham taslim eta olmadi

Mag‘lubiyatsiz kelayotgan “Inter”ni so‘nggi besh yillik chempioni “Yuventus” ham taslim eta olmadi


Italiya A seriyasi 16-turida “Yuventus” va “Inter” jamoalari to‘qnash keldi. Chempionlik uchun kurash olib borayotgan mazkur ikki jamoaning o‘zaro o‘yinida hisob ochilmadi — 0:0.

Shu tariqa Luchano Spaletti boshchilik qilayotgan “Inter” 16-turdan keyin ham mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettira oldi. Ortda qolgan bellashuvlarda milanliklar bilan durang o‘ynash “Yuventus”dan tashqari “Bolonya” (1:1), “Napoli” (0:0) va “Torino” (1:1) klublarigagina nasib qildi.

Ammo bu peshqadam bo‘lib turish uchun kamlik qilishi mumkin. O‘tgan turda mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini “Yuventus”dan qabul qilib olgan “Napoli” bugun zafar qucha olsa, turnir jadvalida yana peshqadamga aylanib olishi mumkin bo‘ladi.

Italiya A seriyasi

16-tur o‘yinlari

9-dekabr, shanba

Gollar: Fabio Kvalyarella, 12 (0:1). Fabio Kvalyarella, 19 (0:2). Diyego Farias, 56 (1:2). Leonardo Pavoletti, 60 (2:2).

10-dekabr, yakshanba

“Kyevo” — “Roma” 16:30 Sport-TV

“Napoli” — “Fiorentina” 19:00 Sport-TV

“Milan” — “Bolonya” 00:45 Sport-TV

11-dekabr, dushanba

“Jenoa” — “Atalanta” 22:00

“Latsio” — “Torino” 01:00 Sport-TV

Опубликовано: admin (10-12-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют