» » Olmaotada samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketdi

Olmaotada samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketdi


Olmaota—Bangkok yo‘nalishi bo‘yicha reysni amalga oshirayotgan Air Astana aviakompaniyasi samolyoti 10-dekabr, yakshanba kuni parvoz oldidan boshqaruv davomida uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketdi. Bu haqda kompaniyaning korporativ kommunikatsiyalar departamenti ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Xabarda ta’kidlanishicha, hodisaga samolyot g‘ildiraklari yo‘lak yuzasi bilan qoniqarsiz tishlashishi tufayli samolyotni uchish-qo‘nish yo‘lagi chegarasida to‘xtatishning imkonsizligi sabab bo‘lgan.

“Samolyot tormoz tizimi soz holatda. Samolyot ko‘zdan kechirish va bundan keyin foydalanish yuzasidan qaror chiqarish uchun maxsus texnika yordamida to‘xtash joyida shatakka olingan. Barcha yo‘lovchilar Bangkokka boshqa havo kemasi bilan jo‘natilgan”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Respublika fuqarolik aviatsiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston rasmiylari hodisa sabablari yuzasidan surishtiruv boshlagan.

Опубликовано: admin (10-12-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют