» » Uchtepadagi sayyor majlisda uyida fohishaxona saqlagan ayolning jinoiy ishi ko‘rib chiqildi

Uchtepadagi sayyor majlisda uyida fohishaxona saqlagan ayolning jinoiy ishi ko‘rib chiqildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudi tomonidan 116-umumta’lim maktabi binosida sayyor sud majlisi, shuningdek, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyalarning jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Sayyor sud majlisida sudlanuvchi Ye.K.ning fohishaxona tashkil etish va saqlash bilan bog‘liq jinoiy ishi ko‘rib chiqildi. Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi Ye.K. tanishining taklifiga binoan o‘z uyidan fohishaxona sifatida foydalanishga rozi bo‘lgan.

1983-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan Ye.K. hayotda qiynalgan ayol. Avvaliga yoqilg‘i quyish shoxobchasida ishchi, keyinchalik kafeda ofitsiant bo‘lib ishladi. Yaqinlaridan ayrilgach, uyda yolg‘iz qoldi. Tushkunlikka tushib, sog‘lig‘i yomonlashdi, ishidan ham ayrildi.

Sayyor sud majlisida jinoyat ishi hujjatlari o‘rganib chiqildi, sudlanuvchi va guvohning ko‘rsatmalari eshitildi. Sudlanuvchi qilgan jinoyatiga iqror bo‘lib, qilgan ishidan qattiq pushaymonligini bildirdi, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘radi.

Sud jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud emasligi, ayblanuvchining o‘z aybiga to‘liq iqrorligini, ijtimoiy ahvolini, muqaddam sudlanmaganligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida baholab, Jinoyat kodeksining 131-moddasi ikkinchi qismi bilan Ye.K.ga bir yil ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Опубликовано: admin (10-12-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют