» » O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaradagi o‘tkazish punktlari modernizatsiyasini o‘tkazadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaradagi o‘tkazish punktlari modernizatsiyasini o‘tkazadi


9-dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘istonning chegara infrastrukturasini yaxshilash uchun javobgar idoralari vakillari o‘rtasida “Yallama” chegara punktida uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Uchrashuvda ikki davlat chegarasidagi nazorat punktlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi muhokama qilindi.

Tasdiqlangan rejaga ko‘ra, xalqaro maqomga ega, eng ko‘p foydalaniladigan nazorat-o‘tkazish punktlarida 2018–2019-yillarda modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari o‘tkaziladi. Jumladan, ular zamonaviy yirik gabaritli rentgen uskunalari, radiatsion nazoratning old tizimlari bilan ta’minlanadi.

Tomonlarning ishchi guruhlari, shuningdek, “G‘ishtko‘prik”, “Zangiota” va “Toshkent” chegara punktlarida bo‘ldi. Tashrif davomida ishlarni amalga oshirish bo‘yicha birlamchi maqsadlar belgilab olindi.

Опубликовано: admin (10-12-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют