» » O‘zbekistonda rieltorlik faoliyatini nazorat qilish tizimini soddalashtirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda rieltorlik faoliyatini nazorat qilish tizimini soddalashtirish rejalashtirilmoqda


O‘zbekistonda litsenziyalash bo‘yicha funksiyalarni Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga topshirish yo‘li bilan rieltorlik faoliyatini nazorat qilish tizimini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Hozirda mazkur sohani litsenziyalash bilan Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi shug‘ullanmoqda.

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirilgan O‘zbekiston Prezidenti Farmoni loyihasida ko‘chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmati ko‘rsatishni litsenziyalash va rieltorlik tashkilotlari ustav kapitali minimal miqdoriga qo‘yiladigan talabni bekor qilish taklif etilmoqda.

Hujjatda ko‘chmas mulk obyektlari va ularga huquqlar bo‘yicha kelishuvlar tuzish bilan bog‘liq barcha yordamni olish mumkin bo‘lgan rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mintaqaviy markazlarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bugungi kunda 251 rieltorlik tashkiloti va 1642 nafar malakali rieltor faoliyat yuritmoqda. Biroq ularning ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlarni rasmiylashtirishdagi ulushi pastligicha qolmoqda. Rieltorlik tashkilotlarining yarmi Toshkent shahrida ishlamoqda.

Опубликовано: admin (10-12-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют