» » La Liga. “Barselona” mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirib, “Vilyarreal” maydonida zafar quchdi

La Liga. “Barselona” mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirib, “Vilyarreal” maydonida zafar quchdi


Ispani La Ligasining 15-turi doirasida barcha yetakchi klublar maydonga tushib ulgurdi. Chempionlik uchun da’vogar klublardan “Valensiya” va “Real” shanba oqshomida g‘alaba qozongan bo‘lsa, yakshanba kuni “Atletiko” va “Barselona” bu ishni takrorladi.

Kataloniyalik futbolchilar kunning markaziy o‘yinini “Vilyarreal” maydonida o‘tkazib, ishonchli g‘alabaga erishdi. Hujumchilar Luis Suares va Lionel Messi tomonidan urilgan gollarga mezbonlar javob qaytara olmadi.

Ayni vaqtda Messi 14 ta gol bilan chempionat to‘purari bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinda 10 ta gol bilan “Valensiya” hujumchisi Simone Dzaza bormoqda.

Diyego Simeone boshqaruvidagi “Atletiko”ga mazkur turda Saulning goli 3 ochko keltirdi. Shu tariqa Madrid jamoasi hamshahri “Real”dan yana ilgarilab ketdi. Hozirgacha “Atletiko” va “Barselona”ni taslim qiladigan klub topilganicha yo‘q.

Ispaniya La Ligasi

15-tur bellashuvlari

10-dekabr, yakshanba

Gollar: Borxa Baston, 23-pen (0:1). Chori Kastro, 58 (0:2).

Noaniq penalti: Borxa Baston, 58 (M).

Gol: Saul, 29 (0:1).

Gollar: Arits Aduris, 5-pen (0:1). Aymerik Lyaport, 73-avt (1:1). Serxio Postigo, 79-avt (1:2).

Gollar: Luis Suares, 72 (0:1). Lionel Messi, 83 (0:2).

Chetlatish: Raba, 60 (V).

11-dekabr, dushanba

“Espanyol” — “Jirona” 01:00

Опубликовано: admin (11-12-2017, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют