» » Gvardiola jamoasini APLda Mourinyo boshqaruvidagi “ Mancheter Yunayted” ham to‘xtata olmadi

Gvardiola jamoasini APLda Mourinyo boshqaruvidagi “ Mancheter Yunayted” ham to‘xtata olmadi


Manchester shahri derbisida “Siti”ning qo‘li baland keldi. Old Trafford’ga tashrif buyurgan “shaharliklar” 2:1 hisobida zafar quchib, ta’qibchisidan 11 ochko ilgarilab ketdi.

Turning markaziy o‘yinida hisob Gvardiola jamoasi tomonidan ochilgan bo‘lsa, bo‘lim so‘ngida Reshford muvozanatni tiklagandi. Ikkinchi 45 daqiqalikda “Siti” himoyachisi Otamendi jamoasini hisobda yana oldinga olib chiqdi. Bu golga esa Mourinyo shogirdlari javob qaytara olmadi.

“Siti” APLdagi 16 ta o‘yinning 15 tasida zafar quchib, o‘z rekordlarini urishda davom etmoqda. Chempionlar Ligasidagina Gvardiola jamoasini to‘xtatishning iloji bo‘ldi. “Siti” uchun katta ahamiyat kasb etmaydigan o‘yinda Ukrainaning “Shaxtyor” klubi “shaharliklar”ni taslim qilishga erishgandi.

Liverpul derbisida esa g‘olibni aniqlab bo‘lmadi. Butun uchrashuv davomida katta ustunlikka ega bo‘lgan Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” futbolchilari, yakunda penalti “qurboni”ga aylandi. Ueyn Runi tomonidan urilgan gol “Everton”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Londonning “Arsenal” klubi ham mazkur turda 2 ochko yo‘qotdi. Shunga qaramay, “to‘pchilar” shaharning boshqa bir klubi “Tottenhem”dan oldinga o‘tib oldi.

Angliya Premyer-Ligasi

16-tur bellashuvlari

10-dekabr, yakshanba

Gollar: Charli Ostin, 3 (1:0). Olivye Jiru, 88 (1:1).

Gollar: Muhammad Saloh, 42 (1:0). Ueyn Runi, 76-pen (1:1).

Gollar: David Silva, 43 (0:1). Markus Reshford, 48+ (1:1). Nikolas Otamendi, 54 (1:2).

Опубликовано: admin (11-12-2017, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют